Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi

21:41 06 May 2025 Jamiyat
166 0

Illyustrativ foto

Prezidentning taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi va mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organ etib belgilanadi.

Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi.

Bunda kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkazilsa, maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini ham oʻtkazib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?