Talaba boʻlganlar soni besh yilda 2,2 barobarga oshdi
Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga 381,7 ming nafar talaba oʻqishga qabul qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
OTMga qabul qilinganlarning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etgan.
Talabalarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 18,6 ming;
- Andijon viloyati – 12,5 ming;
- Buxoro viloyati – 31,5 ming;
- Jizzax viloyati – 6,3 ming;
- Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;
- Navoiy viloyati – 9,2 ming;
- Namangan viloyati – 16,1 ming;
- Samarqand viloyati – 21,2 ming;
- Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;
- Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;
- Toshkent viloyati – 22,7 ming;
- Fargʻona viloyati – 20,7 ming;
- Xorazm viloyati – 16,8 ming;
- Toshkent shahri – 155,2 ming.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring