“Taksi” filmi qahramoni XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
“Taksi” filmidagi Emilen obrazi bilan mashhur boʻlgan Frederik Difental “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Difental festivalning tantanali ochilish marosimida boshlovchilik qilishi kutilmoqda.
XV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 29-sentyabr – 2-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali, shu bilan birga, Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi ham boʻlib oʻtadi. Bundan tashqari, kinofestival dasturidan “Oʻzbek dublyaji 85 yoshda”, “Kino 5 kunda” tanlovi, oʻzbek kinosining 115-yilligiga bagʻishlangan milliy tadbirlar, Italiya filmlarida kiyilgan kastyumlar koʻrgazmasi, kinoteatrlarda xorij kino kunlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, retrospektiv kinonamoyishlar oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring