Tadqiqotchilar mikroplastiklar kelajakda odamlarga qanday taʼsir qilishini koʻrsatib berishdi
“BusinessWaste.co.uk” ekspertlari sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllab mikroplastiklarning inson organizmiga taʼsiri tufayli odamlar kelajakda qanday koʻrinishini aks ettiruvchi tasvirlarni yaratdi.
Mutaxassislarning fikricha, oziq-ovqat mahsulotlari yoki havo orqali inson organizmiga uzoq vaqt davomida yoki doimiy ravishda uzunligi besh millimetrdan oshmaydigan mayda plastik boʻlaklarining kirishi terining surunkali yalligʻlanishiga, toshmalarga va ekzema (chilla yara)ga oʻxshash holatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, reflekslarning sekinlashishi, xotira bilan bogʻliq muammolar va qoʻllarning sezilarli darajada titrashi kuzatiladi.
Boshqa noxush nojoʻya taʼsirlar nazoratsiz vazn yoʻqotish yoki aksincha, vazn ortishi, soch tolalarining ingichkalashishi va teri rangining oʻzgarishi boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Mualliflarning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt texnologiyasi yordamida bunday suratni yaratishdan maqsad odamlarni oʻylashga majbur etish va ushbu keng koʻlamli muammoga eʼtiborni qaratishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring