Beshta viloyatda umumiy 100 ta sut yigʻish punkti tashkil etiladi

15:29 14 May 2025 Jamiyat
176 0

Foto: ChatGPT

Prezidentning tegishli qarori bilan “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga asosan, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi 100 ta sut yigʻish punkti tashkil etiladi.

Shuningdek, 865 nafar aholi va dehqon xoʻjaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilish uchun 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Bundan tashqari, sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy taʼminotini ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Taʼkidlash joiz, loyihani amalga oshirish davri 7-yil (2025–2031-yillar) etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер