Surxondaryoda yoshi katta va sogʻlom archalar kesib tashlangani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanida joylashgan davlat oʻrmon fondi hududida koʻp yillik archa daraxtlari noqonuniy kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tekshiruv jarayonida “Turon Gold Business” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga biriktirilgan Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi “Olachopon” oʻrmon boʻlimining koʻmir massivida ogʻir texnikalar yordamida koʻmir qazish ishlari olib borilgani hamda ushbu jarayon davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishi va shikastlanishiga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur hududda jami 33 tup daraxtga zarar yetkazilgan, jumladan 30 tup Zarafshon archasi, 1 tup Zarang, 1 tup Uchqat daraxti tag qismidan kesilgan hamda 1 tup Zarafshon archasining yon shoxlari oʻsishdan toʻxtaydigan darajada shikastlantirilgan.
Taʼkidlanishicha, kesilgan daraxtlar yoshi katta va sogʻlom holatda boʻlgan. Ushbu holatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, shuningdek, “Oʻrmon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid harakatlar sodir etilgan.
Hozirda yetkazilgan ekologik zarar miqdori katta ekanligini inobatga olgan holda, mazkur vaziyat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring