Surxondaryoda viloyati sektorlari bogʻi tashkil etilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Respublikamiz boʻylab qizgʻin pallaga kirgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlari davom etmoqda. Bu xayrli aksiyada viloyat nuroniylari, yoshlar hamda turli jamoat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov tashabbusi bilan sektorlar bogʻi tashkil etilmoqda. Viloyat sektor rahbarlari boshchiligida, viloyat hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi bogʻlari barpo qilindi. Jumladan, viloyat hokimligi uchun ajratilgan Angor tumani Kattaqum mahallasi hududidagi 4 gektar foydalanishdan chiqqan yer maydonida 2 ming dona oʻrik koʻchatlari ekildi.
Taʼkidlash joizki, Surxondaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 16 million, shu jumladan, kuz oylarida 6 million tup mevali va manzarali daraxt hamda buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.
I. Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring