Surxondaryoda Ulugʻbek xazinasi topilgani rostmi?
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu kunlarda yurtimiz ijtimoiy tarmoqlarida, internet-nashrlarda Surxondaryo viloyatidagi Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan Mirzo Ulugʻbek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilgan pul tangalari topilganligi haqida berilayotgan maʼlumot barchani qiziqtirib qoʻygani rost. Ushbu maʼlumot prokuratura organlari tomonidan atroflicha oʻrganildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 2-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan oqib oʻtuvchi Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan mahalliy aholi tomonidan mis tangalar topilgan. 3-mart kuni Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi vakillari tomonidan mahalliy aholidan 512 dona mis tangalar belgilangan tartibda olinib, Termiz arxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan.

Prokuratura organlari tomonidan soha vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganish davomida qoʻshimcha ravishda 620 dona mis tanga va 1 dona shaxmat donasi ixtiyoriy ravishda olinib, muzey fondiga topshirilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari Surxondaryo viloyat prokuraturasi, madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ekspeditsiya tashkil etilib, hozirda qazishma ishlari olib borilmoqda. Kuni kecha ekspeditsiya vakillari tomonidan yana 4 dona mis tangalar topilgan.

Arxeologik olimlarning dastlabki xulosasiga koʻra, ushbu ashyolar Mirzo Ulugʻbek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilgan pul tangalarining shu kunga qadar topilgan eng katta va yaxshi saqlangan madaniy meros xazinasi hisoblanadi.
Hozirda ushbu manzilda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda va Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
I. Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring