Surxondaryoda talonchilar birovning mashinasidan yigirma million soʻmdan ortiq pulni oʻmardi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida talonchilar toʻdasi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
16-sentabr kuni Kakan mahallasida yashovchi fuqaro nomaʼlum shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, 15-sentabr kuni nomaʼlum shaxslar Damas avtomashinasidan 24 million soʻmni oʻmargan.
Tergov davomida maʼlum boʻlishicha, talonchilik Denov tumanining uch fuqarosi tomonidan sodir etilgan. Qoʻlga olish paytida ulardan ashyoviy dalillar ham olib qoʻyilgan. 21-sentabr kuni hibsga olinganlarga nisbatan Jinoyat Kodeksi 169-moddaning 2-qismi (“Birovning mulkini oʻgʻirlash”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring