Surxondaryoda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Foto: DXX
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudi sudya yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda mazkur tuman sudida koʻrilayotgan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish boʻyicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming soʻm pul mablagʻini olib, qoʻshimcha ravishda 800 dollar talab qilgan.
DXXning Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi oʻzining qarindoshi vositachiligida 800 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mazkur mansabdorga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring