Surxondaryoda maktab oʻquvchilari oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi

11:32 29 Oktyabr 2021 Jamiyat
1055 0

Foto: Халқ сўзи

Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi janjal haqidagi video yuzasidan maʼlumot berdi.

“Mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz shahar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari nazoratga olindi, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, - deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koʻngilsiz holat 2021-yil 26-oktyabr kuni soat 15:00 larda Termiz shahridagi 12-son umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan. Voyaga yetmagan, Mehrabot mahallasida yashovchi, maktabning 7-sinf oʻquvchisi F.A. hamda shu maktabning 6-sinf oʻquvchisi S.Q. tanaffus vaqtida yoʻlakda bir-biriga turtinib ketishi oqibatida oʻzaro janjallashib, mushtlashib ketishgani oqibati oʻlaroq yuz bergan bu xunuk voqea bolalarimiz oʻrtasida tarbiyaviy va psixologik tushuntirish ishlarini yaxshilash zaruratini yana bir karra tasdiqlaydi.

I. RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер