Surxondaryoda Xitoy sarmoyasiga yoʻl ochildi
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi hamda “JDB Group Limited” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda viloyatda yangi konlarni hamkorlikda oʻzlashtirish, qimmatbaho maʼdanlarni qayta ishlash boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, xitoylik investorlarga Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyati va eksport imkoniyatlari taqdim etildi. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Gonkong bozorlariga chiqarish hamda Termiz xalqaro savdo markazi orqali logistika hamkorligini kengaytirish masalalari qiziqish uygʻotdi.

Ushbu kelishuvlar Oʻzbekiston–Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash, Surxon vohasi iqtisodiy taraqqiyotiga yangi surʼat bagʻishlashi bilan ahamiyatlidir.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring