Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga qator imtiyozlar beriladi
“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sunʼiy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab boʻlmaydi”, – dedi Prezident.
Bugun start berilgan “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.
Umuman, investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni koʻpaytirish zarurligi qayd etildi.
Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga toʻgʻri kelgani uchun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini koʻtargan.
Bu boradagi ishlar Qoraqalpogʻistondan boshlanishi belgilandi. Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona toʻlovidan ozod etiladi.
“Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga, Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qoʻshadi”, – dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash uchun keyingi yildan yoʻldoshli internet operatorlarining faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ular 5-yilga yer, mol-mulk, foyda va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring