Sunʼiy intellekt hali uzoq vaqt inson aqli bilan tenglasha olmaydi — Ekspertlar
Illyustrativ foto
Sunʼiy intellekt boʻyicha 475 nafar mutaxassis oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, ularning aksariyati (76 foizi) yirik til modellarini masshtablash inson intellekti bilan taqqoslanadigan tizimlarni yaratishga olib kelmaydi, deb hisoblaydi. Bu hozirgi metodlarning umumiy sunʼiy intellekt deb ataladigan tizim uchun asos boʻlishga qodirligiga shubha kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Ekspertlarning qayd etishicha, zamonaviy modellar ulkan hajmdagi maʼlumotlarga va yanada kuchliroq hisoblash texnikasiga muhtoj, shu bilan birga, bu borada fundamental arxitektura cheklovlariga duch kelinmoqda. Muammolar sirasiga sunʼiy intellektning abstrakt fikrlashi va haqiqiy konsepsiyani shakllantirishga layoqatli emasligi, shuningdek, matnlarni yuzaki tahlil qilishga qaramligi kiradi.
Masshtablash samaradorligining pasayishi sezilarli boʻldi: sunʼiy intellekt taʼlimiga sarmoyalarning ortishi sifat jihatidan kamroq oʻsish bilan birga kechmoqda. Bundan tashqari, bu ekologiya nuqtayi nazaridan xavotir uygʻotadi — energiya xarajatlari oshishi va uglerod tashlanmalari koʻpayishi davom etmoqda.
Bularning barchasi tadqiqotchilarni sunʼiy intellektni oʻrganishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi haqidagi fikrga undaydi, shundagina hozirgi cheklanishlarni yengib oʻtishga qodir boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring