Sudan AQShning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
Sudan armiyasi AQSHning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi taklifini rad etdi va mamlakat gʻarbini egallab olgan “Tezkor reaksiya kuchlari” (SBR) harakatiga qarshi kurashda xalqni safarbar etishini maʼlum qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“Suveren kengash qurolli kuchlarni qoʻllab-quvvatlash, isyonchi jangari guruhlarni tugatish uchun Sudan xalqini umumxalq safarbarligi doirasida jalb etish haqida qaror qabul qildi. Bu davlatning qoʻzgʻolonni bostirish boʻyicha koʻrayotgan choralarining bir qismidir”, — deyiladi bayonotda.
Maʼlum qilinishicha, Sudan armiyasi bosh qoʻmondoni Abdul Fattoh al-Burhon AQSH taklifini Oʻtish davri harbiy kengashining shoshilinch yigʻilishidan soʻng rad etgan.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi oxirida SBR jangarilari El-Fasher shahrida joylashgan Sudan armiyasining 6-piyoda diviziyasi shtabini egallaganini eʼlon qilgan edi. Mazkur shahar 1,5-yillik uzluksiz janglardan soʻng hukumat qoʻshinlarining Darfurdagi soʻnggi tayanch punkti boʻlib qolayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring