Somalining Oʻzbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Somali Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
TIV rahbarining yozishicha, bugun, 27-noyabr kuni Fatxudin Ali Mohamed Somalining Oʻzbekistondagi birinchi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan.
Qayd etilishicha, tadbir davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻplab istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqlik bildirilgan.
“Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yoʻnaltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz”, deydi Baxtiyor Saidov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring