Soliq keshbekdan oktyabr oyida foydalanish 102 millionga yaqinlashdi (+foto)
Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilar soni oydan-oyga ortib bormoqda. 2024-yil 1-noyabr holatiga ilovada roʻyxatdan oʻtganlar soni 8,6 milliondan oshgan.
Oktyabr oyida esa xizmatlardan foydalanish holatlari 102 million martaga yaqinlashdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ilova foydalanuvchilari orasida 4,7 million kishi faol boʻlib, 3,2 millioni shaxsini tasdiqlash jarayonidan oʻtgan.
Ilovaning xizmatlari orasida keshbek olish va e-ijara eng koʻp ishlatilgan xizmatlar qatoridan joy olgan. Oktyabr oyida keshbek funksiyasi 101 million 148 ming 909-martadan ortiq foydalanilgan.

Bundan tashqari, ilova orqali soliq qarzi toʻgʻrisida maʼlumot olish va ijara shartnomalarini hisobga olish kabi foydali xizmatlar ham mavjud.
Keshbek funksiyasi hamon eng mashhur xususiyat boʻlib, koʻp sonli foydalanuvchilar tomonidan muntazam foydalanilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring