OAV: AQSH Eron bilan urushni 9-aprelgacha tugatmoqchi
AQSH Eron bilan nizo yakunlanganini 9-aprel kuni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda, deb daʼvo qilmoqda Ynet portali.
— Vashington urushni tugatish uchun maqsadli sana sifatida 9-aprelni belgiladi, — dedi ismi oshkor etilmagan isroillik mulozim.
Aniqlik kiritilishicha, urushning ushbu muddatgacha toʻxtatilishi Amerika yetakchisi Donald Trampga Isroil Mustaqillik kunida u yerga tashrif buyurish va Isroil davlat mukofotini olish imkonini beradi.
Bundan oldin AQSH Prezidenti Eronning energetika infratuzilmasiga berilayotgan zarbalarni toʻxtatish boʻyicha topshiriq berganini maʼlum qilgan edi. Uning taʼkidlashicha, soʻnggi ikki kun ichida Vashington va Tehron samarali muzokaralar oʻtkazgan va bu jarayon hafta davomida davom ettiriladi.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan muzokaralar olib borilganini rad etdi, biroq vositachilar orqali nizoni muloqot yoʻli bilan hal etish istagi aks etgan maktublar olganini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring