Sodiq Safoyev xalq taʼlimi faollari bilan uchrashdi
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 330-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S. Safoyev va universitet professor-oʻqituvchilari Yangihayot tumani xalq taʼlimi faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezident raisligida shu yil 5-aprel kuni xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish boʻyicha axborot berildi.
Jumladan, maktablarda taʼlim sifatini koʻtarish boʻyicha metodologik yordam koʻrsatish, muayyan taʼlim yoʻnalishlari (gumanitar va aniq fanlar, xorijiy tillar) boʻyicha maktab pedagoglarining malakasini oshirish hamda xalq taʼlimi sohasida xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish haqida axborot taqdim etildi.
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash borasida JIDU professor-oʻqituvchilari Yangihayot tumani maktablari bilan tizimli ishlarni amalga oshirishni boshladilar.
Bundan tashqari, S.Safoyev tomonidan Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-maʼrifiy hamda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash sohalarida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgani, xususan, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli taʼlim-tarbiya masalasi doimiy eʼtibor markazda boʻlishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring