“Snos”ga tushgan uy uchun 623 million soʻm kompensatsiya undirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “B.D.” nomli baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning “Mustaqillik” mahallasi hududidagi xonadoni buzilishga tushganligidan foydalanib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 million soʻm kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishini aytadi.
Mazkur shaxs ushbu xizmati evaziga 900 AQSH dollari va 1 million soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring