Sirdaryodagi bayram hazrat Navoiyga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi

12:50 21 Oktyabr 2020 Madaniyat
1132 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryoda bayram shodiyonalari hazrat Alisher Navoiy bobomizga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Davlat idoralari, jamoat tashkilotlari jamoalari, yoshlar, mahallalar ahli vakillari ulugʻ mutafakkir nomi bilan yuritiladigan “Bilimdonlar maskani”dagi buyuk shoirimiz haykali poyiga gullar qoʻydilar.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev barchani oʻzbek tili bayrami bilan tabrikladi.

Ochiq osmon ostida sheʼrxonlik, yosh maqomchilar ijrosi, tasviriy sanʼat, hunarmandchilik koʻrgazmalari tashkil qilindi. Soʻngra viloyat musiqali drama teatrida ulugʻ ayyomga bagʻishlangan konsert namoyish etildi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер