Sirdaryodagi ayanchli YTHda 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

21:29 30 Iyun 2025 Jamiyat
163 0

Videodan kadr

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida “Lacetti” rusumli transport vositasi yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib urilishi oqibatida 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 19-iyun kuni tonggi soat 05:40 larda viloyatning Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 116-kilometrida yuz bergan.

Ma'lum boʻlishicha, “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib toʻqnashgan. Shundan soʻng oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Yutong” rusumli transport vositasi “Lacetti”ni urib yuborgan.

YTH oqibatida yengil mashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan 1 nafar yoʻlovchi tan jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

YHXBga koʻra, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер