Sirdaryoda tom qismi oʻpirilib ketgan xonadon boshqasiga almashtirib berildi

23:59 28 Mart 2023 Jamiyat
468 0

Sirdaryo viloyatida qurilish pudrat tashkiloti tomonidan fuqaroga subsidiya asosida koʻp qavatli yangi qurilgan uylardan biriningn 7-qavatidan uy shartnoma asosida sotilgan.

Qurilish pudrat tashkiloti tomonidan ushbu koʻp qavatli uy qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritilib tom qismini yengil konstruksiya orqali yopilishi yuzasidan loyiha hujjatlari qilinib, ekspertizadan oʻtkazishga berilgan. Nazorat qiluvchi tashkilotlar maʼlumotiga koʻra, qurilish pudrat korxonasi tomonidan koʻp qavatli uyning tom qismi yopilishi loyiha hujjatlariga asosan yopilmagan boʻlib, bunda tom qismidagi namdan saqlash uchun “Texnonikol XRR” materiali oʻrniga paletelin plyonkalar oʻrnatilganiligi hamda tomdagi tuynuklar ochilmay qolganligi sababli tom ostida nam par hosil boʻlib, pastki qavat uylariga sizib kirish holatlari kuzatilgan. Natijada xonadonning tom qismi oʻpirilib, xonadon ichiga tushgan. Isteʼmolchi tomonidan uyning tom qismi yaroqsizligi toʻgʻrisida eʼtiroz bildirib, ijtimoiy tarmoqqa murojaat yoʻllagan.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli organlar bilan oʻrganish ishlari amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqliligi, tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berilishi, tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilinishi, tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplanishi, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirilishi, shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplanishligi zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.

Shundan kelib chiqib boshqarma tomonidan qurilish pudrat korxonasiga ushbu qonuning tegishli 4-13-19 moddalariga asosan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan. Natijada Qoʻmita aralashuvi bilan isteʼmolchiga boshqa 4 qavatdan maydoni bir xil boʻlgan oʻlchamdagi kvartira berildi. Qurilish pudrat tashkilotiga Qoʻmita vakolati doirasida ish qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?