Sirdaryoda imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi

13:14 17 Iyul 2025 Jamiyat
150 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.X. va boshqalar fuqarolar S.M. va M.X.ning ishonchiga kirib, ularga 40 mln soʻm evaziga gӯyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 400 million soʻm imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytgan.

Shundan soʻng, qonunbuzarlar kelishilgan puldan 20 million soʻmni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер