Sirdaryoda 78 million soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo tumani hududidagi Termiz-Toshkent avtomagistral yoʻlida fuqaro D.K.ning boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, avtotransport vositasi salonida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.T.ga tegishli umumiy bahosi 78,1 million soʻmlik ming dona tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring