Sirdaryoda 5,25 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ gaz taʼminoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln soʻmlik zarar yetkazdi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Oʻzenergoinspeksiya) Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbir davomida Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MChJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasi oʻz binosida hisoblagichsiz toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, gaz taʼminoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring