Sirdaryo delegatsiyasi Tokio shahrida keng koʻlamli va samarali ishbilarmonlik muloqotlari oʻtkazmoqda
Ayni kunlarda Tokio shahrida boʻlib turgan Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Yaponiyaning yetakchi kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari bilan qator samarali uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Navbatdagi uchrashuvlar Yaponiyadagi elchixonamiz tashabbusi bilan Phytopharma, New Silk Way Inc, Aomori Nousan, Sozo Kobo Co., Ltd., Washin Trading hamda Onodera User Run kompaniyalari rahbarlari bilan boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Uchrashuvlar davomida qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, savdo-logistika va xizmatlar sohalarida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, texnologiya va tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Muloqotlar yakunida hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirish, aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish va amaliy qadamlarga oʻtish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring