Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
“Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!” dedi Prezident.
Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga shu yilning oʻzida 400 ta obyektni tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi.
Turizm obyektlariga kuniga minglab odam kirgani bilan, tushumlar raqamlashmagani uchun tizim shaffof emasligi qayd etildi. Vaholanki, ochiq tizim qilib, tushumni oʻzidan taʼmirlash ishlarini bajarish mumkin. Shu munosabat bilan barcha obyektlarda kirib-chiqishni avtomatik hisobga oladigan moslama oʻrnatish zarurligi taʼkidlandi.
Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi.
Bu yil madaniy meros obyektlari restavratsiyasiga kamida 4 million dollar grant jalb qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring