“Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Shoxpaxta konida gaz qazib olish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi
“Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Peterburg iqtisodiy forumi doirasida 2024 yilgacha Shoxpaxta konidan gaz qazishni davom ettirishga doir kelishuvni imzolashdi. Bu haqda Rossiya gaz kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «Gazprom” boshqaruv raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Alisher Sultonov Shoxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulotni taqsimlashga doir qo‘shimcha shartnomani imzolashdi», - deyiladi kompaniya bayonotida.
Kelishuv 2024 yilga qadar avvalgi tijoriy sharoitlarda gaz qazishni davom ettirishni ko‘zda tutadi.
Shoxpaxta – 1962 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan gaz koni. Shoxpaxta koni rekonstruksiyasi va qazish ishlari 2004 yilda 15 yillik muddatga imzolangan mahsulot taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring