Shofirkon tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Amonov Moʻmin Olimovich Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-mart kuni Xalq deputatlari Shofirkon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etgan va soʻzga chiqqan.
Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan, xususan, viloyat hokimining Amonov Moʻmin Olimovichni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilgan.
Maʼlumot uchun, Moʻmin Amonov 1988-yilda Shofirkon tumanida tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Bugungi tayinlovga qadar u Buxoro shahar hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Sdikov Islambek Muratbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring