Shimoliy Koreya askarlari Ukrainaning urushdagi eng katta muammosiga aylanmoqda
Ukraina qurolli kuchlari uchun soʻnggi haftalardagi eng asosiy muammo Rossiyaning Shimoliy Koreya askarlaridan foydalanayotgani boʻlgan, deb xabar bermoqda “News Pravda” nashri.
Ukraina harbiylarining taʼkidlashicha, Rossiya artilleriyasi va uchuvchisiz samolyotlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qoʻshinlar katta guruhlar tashkil qilib Ukraina pozitsiyalari tomon faol harakat qilmoqda. Rossiya askarlari koreyaliklardan farqli oʻlaroq koʻzga tashlanmaslik uchun kichikroq guruhlarga boʻlinib harakat qilishadi. Shimoliy Koreya askarlari esa uchuvchisiz samolyotlarga eʼtibor bermay, yoʻqotishlarga qaramay faqat oldinga siljishda davom etadi.
“Rossiya qoʻshinlari muvaffaqiyatlarini mustahkamlash uchun tez-tez ularga ergashishmoqda, Ruslar bizning pozitsiyalarimizga hujum qilib, yoʻqotishlarga uchrasa chekinadilar. Shimoliy Koreyalik askarlar esa faqat oldinga harakat qilishadi”, deydi ukrainalik harbiylar.
Kursk viloyatidagi Ukraina nazorati ostidagi hudud «tinchlik muzokaralarining asosiy nuqtasiga aylanishi mumkin, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring