Shifoning eng ishonchli kafolati — toʻgʻri tashxis

15:45 25 Avgust 2025 Jamiyat
109 0

Navoiy viloyatida Turkiyaning eng ilgʻor texnologiyalari asosida, turk investorlari yordamida tashxis markazlari va klinikalar qad rostladi. Viloyat markazidagi “TurkishLAB“, ”TurkishMED" nomlari ostidagi muassasalar shulardan boʻlib, ular aslida bir-birini toʻldirib faoliyat yurituvchi bitta tizim.

— Turk tibbiyoti bugungi kunda dunyoda yetakchilar qatorida turadi, — Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Nurali Safoyev. — Davolash va sogʻayish holatlari yuqoriligining bosh omili vaqtida va toʻgʻri tashxis qoʻyish, albatta, bu zamonaviy texnologiyalarning keng jalb etilgani bilan tavsiflanadi.

Navoiyda “Shifoning eng ishonchli kafolati bu — toʻgʻri tashxis” shiori ostida xorijlik onkologlar shifokorlar ishtirokida master-klasslar, amaliyot kurslari tashkillashtirildi. Tadbir inson omili ishtirok etmasdan, eng aniq va zamonaviy laborator uskunalar yordamida qon tahlillarini amalga oshiruvchi va tashxisning toʻgʻriligiga kafolat beruvchi ”TurkishLAB“ tibbiy laboratoriyasi hamda keng va tor profildagi mutaxassislar yordamida davo muolajalari oʻtkazuvchi ”TurkishMED" tibbiyot tashkiloti tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur klinikada Turkiyaning eng mashhur onkologlaridan biri, professor Didem Tashtekin xonim nafaqat Navoiy viloyati, balki butun respublikaning saraton bilan ogʻrigan fuqarolarini qabul qildi va ularga maslahatlari, amaliyoti bilan koʻmakchi boʻldi. Shuningdek, ushbu klinikada yana bir taniqli turk-onkolog shifokori Hamza Ugʻur ham bir necha kun mobaynida bemorlarni qabul qilib, navoiylik hamkasblari bilan oʻz ilmiy- tajribalarini oʻrtoqlashdi.

Turkiyalik shifokorlarni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qabul qilib, onkologik xastaliklar dinamikasini jilovlashda koʻmakchi idoralar oldida turgan vazifalarni muhokama qilishdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, bundan avvalroq Turkiyadan pediatr shifokorlar taklif etilib, bemor bolajonlarimizga salomatligini tiklashda koʻmaklashilgandi.

Temur ESHBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер