Shifokor bemorlarni ilhomlantirish uchun 42 kun ichida 25 kg vazn tashladi

Illyustrativ foto
31 yoshli xitoylik jarroh Vu Tyangen bor-yoʻgʻi 42 kun ichida 25 kilogrammni yoʻqotdi va hatto bodibilding musobaqalarida bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. 2024-yilda shifokorning vazni 97,5 kg boʻlgan va jigarning yengil yogʻli kasalligidan aziyat chekkan. Sogʻligʻining yomonlashishi shifokorni turmush tarzi haqida oʻylashga majbur qildi.
“Agar men oʻzimni qutqara olmasam, boshqalarni qanday qutqaraman?” — deydi u.
Vu kuniga kamida ikki soat mashq qilish va olti soat uyquni oʻz ichiga olgan intensiv mashgʻulotlar va ovqatlanish rejasini ishlab chiqdi. Har kuni u ishdan oldin bir soatlik aerob mashqlarini bajarish uchun ertalab soat 5:30 da uygʻongan, keyin esa navbatchilikdan keyin yana bir soat mashq qilgan. Musobaqa oldidan u mashgʻulotlarini kuniga toʻrt martagacha oshirdi.
Shifokorning fikricha, uning “semiz odam”dan “janob bodibilding”ga oʻzgarishi uning bemorlari uchun turtki boʻlishi mumkin. Soʻnggi bir necha yil ichida shifokor 100 nafardan ortiq odamga vazn yoʻqotishga yordam berdi. Vuning taʼkidlashicha, natijalarga erishish uchun sogʻlom turmush tarzi, jumladan, toʻgʻri uyqu, muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va ijobiy dunyoqarash muhim ahamiyatga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring