Sherobodda qovun pishdi
Sherobod tumanidagi “Sherobod Agro Impeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu yil 25 gektar yer maydonida qovunning Gollandiyadan olib kelingan mazain va dakara navi ekilib, parvarishlandi. Yuqori agrotexnik tadbirlar natijasida ayni paytda tilimi tilyorar va xaridorgir qovunlar pishib yetildi. Natijasida ertapishar qovunlar xalqimiz dasturxoniga taqdim etilmoqda. Shu bilan birga yetishtirilgan bu tur mahsulotning bir qismi eksportga yoʻnaltiriladi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Samadov hamda Sherobod tumani hokimi Alisher Amirov qovun yetishtirilgan paykallarda boʻlib, dehqonchilikda oʻzlashtirilayotgan istiqbolli loyiha samaralari bilan tanishishdi. Aytish joizki, kyelgusida tumanda ertapishar quvun yetishtiradigan maydonlarni kengaytirish, nafaqat ichki bozor, balki eksport hajmini oshirish ham koʻzda tutilgan.
Ilhom Rahmatov,
(“Xalq soʻzi“)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring