Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Nokerguli Ataguliyevni qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Nokerguli Ataguliyevni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika, suv xoʻjaligi sohalarida keng koʻlamli hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak Hududlar forumi hamda qator qoʻshma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish muhim ekani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring