Shavkat Mirziyoyev “Otan korgʻaushilar” monumentiga gul qoʻydi

10:58 06 Dekabr 2021 Siyosat
1041 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi “Otan korgʻaushilar” ("Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qoʻydi.

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan qozogʻistonlik jangchilar xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Monument markazida Vatan timsoli - ona tasvirlangan.

Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qoʻyib, Qozogʻiston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер