Shavkat Mirziyoyev marhum Ismoil Joʻrabekov xonadoniga tashrif buyurdi

Atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Joʻrabekov joriy yil 28-sentyabr kuni vafot etgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun taʼziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.
Davlatimiz rahbari marhumning ezgu ishlarini, Vatanimizga xizmatlarini yodga oldi.
Ismoil Joʻrabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Mehnat faoliyati davomida suv xoʻjaligi sohasida masʼul lavozimlarda mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshdi. 1985-yilda Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Mustaqillik yillarida I.Joʻrabekov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Davlat suv nazorati boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib bordi.
Soʻnggi yillarda I.Joʻrabekov moʻtabar yoshda boʻlishiga qaramasdan, suv xoʻjaligi vazirining maslahatchisi sifatida xizmat qilib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.
Davlat va jamoat arbobining xalqimiz va Vatanimiz oldidagi xizmatlari munosib baholanib, u “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” faxriy unvoni hamda davlatimizning bir qator yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Davlatimiz rahbari marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Ular Prezidentimizga tashrifi va dalda soʻzlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring