Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi

16:49 19 Noyabr 2025 Siyosat
280 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi.

Birinchi yoʻnalish – qurilish orqali aholini ishli va daromadli qilish.

Kelgusi yilda mamlakatimizda 675 trillion soʻmlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 380 trillion soʻmi qurilish ishlariga toʻgʻri keladi.

Kelgusi yilda 140 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joy qurish maqsad qilingan.

Har bir hokim bundan samarali foydalanib, qurilish sohasining oʻzidan kamida 20-25 ming, yaratilgan infratuzilma orqali 10 ming kishini bandligini taʼminlashi mumkinligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?