Shavkat Mirziyoyev Ahmad Fargʻoniy haykali poyiga gul qoʻydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifini Ahmad Fargʻoniy merosi ziyoratidan boshladi.
Maʼlumki, bu buyuk vatandoshimiz oʻz davrining yetuk astronomi, matematigi va geografi boʻlgan, Bagʻdod va Damashqda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazgan, 856-yildan esa Qohirada yashab, umrining soʻnggiga qadar Misrda ilm-fan bilan shugʻullangan.
Olim koʻplab muhim kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 861-yilda Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini oʻlchaydigan inshoot barpo ettirgan. «Miqyos an-Nil» nomi bilan mashhur bu qurilma qishloq xoʻjaligi va iqlimni baholashda juda muhim boʻlgan. Qariyb 1200-yil davomida inshootdan oʻtgan asrgacha uzluksiz foydalanilgan. Bugungi kunda esa u turistik maskanga aylantirilgan.
2007-yilda Miqyosi Nil yaqinidagi xiyobonda Ahmad Fargʻoniyga haykal oʻrnatilgan. Prezidentimiz uning poyiga gulchambar qoʻyib, mutafakkir bobomizning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Soʻng davlatimiz rahbari Miqyosi Nil inshootini koʻzdan kechirdi, uning tarixi, Ahmad Fargʻoniy ilm-fanga qoʻshgan hissasi haqida olimlar bilan suhbatlashdi. Ulugʻ allomaning hozirgacha saqlanib kelayotgan merosi, umuman, oʻzbeklarning Misr tarixidagi oʻrni xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlikdan dalolat berishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring