“Sharq” poyezdidan suvaraklar topilgani rostmi?
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Toshkent — Samarqand yoʻnalishidagi “Sharq” poyezdida suvaraklar topilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Unga koʻra, shu turdagi xabarlar yolgʻon va haqiqatdan yiroq. Tarqalgan fotosuratlar esa eski boʻlib, umuman boshqa, Toshkent — Volgograd yoʻnalishidagi poyezdda olingani aytildi.
“Ushbu suratlarning «Sharq” poyezdi bilan hech qanday aloqasi yoʻq va ulardan ushbu kontekstda foydalanish faktlarni manipulyatsiya qilishdir», — deyiladi munosabatda.
Bundan tashqari, yoʻlovchilarning qulayligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha poyezdlar, jumladan, “Sharq” poyezdlari sanitariya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda muntazam koʻrikdan oʻtkazilishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring