Shakar narxi oshishi haqidagi «mish-mish» haqiqat emasmish
Ijtimoiy tarmoqlarda yoz oylaridagi eng talabgir mahsulot boʻlgan shakarning narxi oshishi haqida xabarlar tarqaldi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov xabarlarga aniqlik kiritdi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda shakar narxini barqaror saqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, narxlar keskin oʻsishi boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻq.
«Narxlarni barqaror saqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, narxlar keskin oʻsishi boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻq. Shu sababli internet tarmoqlarida tarqatilayotgan toʻliq oʻrganilmagan xabarlarga asosan xavotirga tushmasligingizni soʻrab qolamiz», dedi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov.
Respublikaning dehqon bozorlarida tashkil etilgan elga xizmat rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi 1 kilogramm uchun 13 000 soʻmdan sotilishi taʼminlanayotgan boʻlsa, boshqa savdo doʻkonlarda oʻrtacha 13 200—15 000 soʻmni tashkil etmoqda.
Shakar mahsulotining birja savdolaridagi narxi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga pasaygan boʻlsa, bozorlardagi chakana narx oʻzgarishsiz qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring