Shahrisabzlik chavandoz uloqda “Gentra” ni “ayirdi
Foto: "Xalq so'zi"
18 mart kuni Kitob tumanining Qaynar qishlogʻi dalalarida xalqaro uloq-koʻpkari musobaqalari oʻtkazildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro sport tadbirida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan mingga yaqin chavandozlar ishtirok etishdi.
Ayni paytda yashillik bilan qoplangan Qaynar qir adirlari ot choptirgan chavandozning zavqini yuz chandon oshiradi. Bu yerdagi dara va soyliklar bayram sayillari hamda sport musobaqalari uchun ataylab tayyorlangandek, tabiiy amfiteatr tusini olgan. Shunday soyliklarning birida oʻtkazilgan ikki marrali uloq koʻpkari musobaqalari yon bagʻirlarda jamul jam boʻlgan tomoshabinlar olqishi ostida qizgʻin va murosasiz tortishuvlarga boy boʻldi.
Uloq ayirishda chaqqonlik va epchillik qilgan chavandozlar tuya, toy, tana, qoʻchqor, maishiy texnika va gilamlar, shuningdek, pul mukofotlaridan iborat yuzlab zotlarni qoʻlga kiritishdi.
Musobaqaning bosh sovrini –Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini “Gentra”avtomashinasi uchun kechgan bahslar ayniqsa murosasiz bo'ldi. Unda shahrisabzlik chavandoz Siroj Jovliyev Fonar laqabli oti bilan uloqni halol ayirdi va bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolibga avtomashina kalitini Qashqadaryo viloyati hokimi Z. Roʻziyev tantanali topshirdi.
Navroʻz bayramiga ulashib ketgan bayram tadbirlarida milliy kurash musobaqalari, dorbozlar tomoshasi, viloyat sanʼat ustalari hamda folklor jamoalar ijrosidagi galakonsert dasturlari, shuningdek, koʻrgazma hamda savdo yarmarkalari tashkil etildi. Bayram tadbirlarida viloyatning barcha tumanlaridan kelgan va chet ellik mehmonlardan iborat 15 mingga yaqin tomoshabinlar ishtirok etdi.
A. Muhammadiyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring