“Seul” bogʻini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahar hokimining turizm, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Faxriddin Davrukov Koreya Respublikasining elchixona maslahatchisi Kuk Chan Xyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Seul meriyasi “Doʻstlik” bogʻining hududida joylashgan “Seul” bogʻini rekonstruksiya qilishni, shu jumladan, uni yangi uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlashni rejalashtirgan.
Loyiha ustida ishlash uchun meriya konsalting kompaniyasini jalb etgan boʻlib, uning mutaxassislari bogʻni koʻzdan kechirib, loyihaning ustuvor yoʻnalishlarini va oʻz mulohazalarini Toshkent shahar hokimligi rahbariyati bilan muhokama qilishdi.
Muloqot davomida hokim oʻrinbosari xoʻjalik masalalari boʻyicha ham (yoritish, sugʻorish, cherepitsa, suv havzasi uchun filtrlar), bogʻdan samarali foydalanish, koreys madaniyatini targʻib etishga qaratilgan madaniy va koʻngilochar tadbirlar, aksiyalar va boshqalarni oʻtkazish yuzasidan ham qator takliflarini bildirdi.
Taraflar bogʻni jihozlash borasida kelishib, undan foydalanishning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring