Sergeli tumanida ayrim koʻchalarda mashinalar harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahri Sergeli tumanining ayrim koʻchalarida mashinalar harakati cheklanadi. Bu haqda tuman hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Sergeli tumanida 2025-yil 23-avgust kuni tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan Turizm koʻchasining ochilish tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarda mashinalar harakati vaqtincha cheklanadi.
Avtomobillar harakati cheklanuvchi koʻchalar quyida keltirildi:
Sugʻdiyona koʻchasining Yangi Sergeli koʻchasi kesishmasidan Jaloyir va Bagʻrikeng koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan qismi;
Jaloyir koʻchasining Sugʻdiyona koʻchasi kesishmasidan Obihayot koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi;
Obihayot koʻchasining Yangi Sergeli koʻchasi kesishmasidan Jaloyir koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi.
Cheklov 2025-yil 22-avgust soat 18:00 dan 23-avgust soat 24:00 gacha amal qiladi.
“Hurmatli fuqarolar va haydovchilardan ushbu vaqtda muqobil yoʻllardan foydalanishlari soʻraladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring