Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
TIV rahbarining yozishicha, bugun, 27-oktyabr kuni Serbiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga oʻzaro tayyorligini bildirgan.
“Elchi janoblariga mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi vazir Saidov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring