Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga keldi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.










Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring