Senatorning poytaxt Uchtepa tumanidagi muloqotlari
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Maʼrufova boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Uchtepa tumanida bir qator uchrashuvlar va muloqotlar oʻtkazdi.
Senator “Koʻkcha Oqtepa” mahallasida mahalla faollari hamda “mahalla yettiligi” tarkibi bilan muloqot qildi. Uchrashuvda Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, iqtisodiy barqarorlik va yoshlar taʼlimiga doir qonunlarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Mahallalardagi mavjud muammolar va aholining ehtiyojlari oʻrganildi. “Koʻkcha Oqtepa” mahallasida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim bilan savol-javob oʻtkazilib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli vazifalar ijrochilarga yetkazildi.
Shuningdek, “Degrez” mahallasida barpo etilayotgan “Deputatlar bogʻi”da koʻchatlar ekilib, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbus qoʻllab-quvvatlandi. Mahalladagi 106-sonli umumtaʼlim maktabi va 393-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti yoritish tizimiga oid murojaatlar joyida koʻrib chiqilib, senator nazoratiga olindi.
44-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati ham oʻrganilib, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Tepaqoʻrgʻon” mahallasidagi zargarlik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, hunarmandchilik anʼanalarini saqlash va yoshlar bandligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.
Ishchi guruh tomonidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring