Senatorning Fargʻonada yoshlar bilan ochiq muloqoti oʻtkazildi
Joriy yilning 2-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O.Kozixonovaning yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarga oid davlat siyosatiga oid amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, senator yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash, har bir yigit-qizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oʻz salohiyatini toʻla namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish – davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi taʼkidladi.
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish, innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy va tashkiliy koʻmak koʻrsatish mexanizmlari haqida ham soʻz yuritildi.
Senator tomonidan yoshlarga yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, islohotlar jarayonida tashabbuskor va faol, eng muhimi kuzatuvchi emas, ishtirokchi boʻlish borasida tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida yoshlar oʻzlarining takliflarini bildirdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring