Senatorlar talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Parlament yuqori palatasi aʼzolari tomonidan yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilib, Senat faoliyati, qonun ijodkorligi hamda yoshlarni qiziqtirgan masalalarga bagʻishlangan ochiq muloqotlar oʻtkaziladi.
Navbatdagi uchrashuv senatorlar ishtirokida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Webster universiteti talabalari bilan boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida talabalarga Senatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, parlament yuqori palatasining vakolatlari, qonun ijodkorligi jarayonlari hamda qabul qilingan qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratining ayrim jihatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlari ijrosini taʼminlash va ijro hokimiyati organlarining hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor vazifalari ekani taʼkidlandi.
Uchrashuvda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar, jumladan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sifatini oshirish va zamonaviy bilimga ega avlodni shakllantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati, qonunchilik tashabbuslari va jamoatchilik nazorati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Uchrashuv yakunida talabalar Senat qoʻmitalari va devoni faoliyati, shuningdek agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring