Senator MDH Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-Byudjet komissiyasi majlisida ishtirok etdi

10:22 17 Oktyabr 2025 Siyosat
112 0

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-byudjet komissiyasi majlisida onlayn shaklda ishtirok etdi.

Majlisda MDH davlatlarining parlament vakillari, ekspertlari va qonun ijodkorlari ishtirok etdi.

Majlis doirasida Assambleya faoliyatining moliyaviy taʼminoti bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Assambleyaning 2026-yil uchun xarajatlar smetasi, tadbirlarni moliyalashtirish tartibining yangi tahriri, shuningdek, Nazorat-byudjet komissiyasining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasi kabi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-byudjet komissiyasi muhokamasi yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер